Bir kun quyosh charaqlab boshda,Bu kunlaring buladi unut.Olloh uzi mehrga boydir,Usha kunni sabr bilan kut.Asfaltda ham gul ochiladi,Aytgan vaqtim kelsa yulingdan.Tuy oqshomda davra seniki,Turga boshlar ushlab qulingdan.Bitmay qolmas hech bitta ishing.Salom berar tanimas kishingBahordayin utadi kishing,Aytgan vaqtim topsa gar seni.Ishda unim,oila ham tinch.Qushlar sayrog'i ham yoqadi.Uttiz-qirq yil oqmagan soydan,Tog' jilg'asi oqadi tiniq.Bulut utar aylanib seni,Quyoshni ham nuri boshqacha.Nanushtadan zurg'a turib sen,Deysan uhlab olay oshgacha.Kunlar qiziq utadi zumda,Balki shirin tuyulmas sira.Balki meni eslab qolarsan,Armon deya kungling bulib xira.(Erkin Qosimov).