Qizaloqning abgor ahvolidan ko`ngli buzilibdi-yu, darrov cho`ntagiga qo`l suqib, yonida borini unga berib yubormoqni niyat qilibdi. Shu zahoti shaytonning ovozi eshitilibdi: «Sen bu pullarni osonlikcha topibsanmi! Butun mol-dunyoingni sadaqa qilib yuborsang ham, bunaqa tilanchilarning hammasiga yordam berolmaysan. Qo`yaver, Xudo buning peshonasiga shunaqa taqdir bitgan!». Yigit qizchaga ko`p qatori arzimagan bir necha chaqa beribdi-yu, yo`lida davom etibdi. Kechqurun oilasi bilan to`kin dasturxon atrofida o`tirganida, «uni emayman, buni emayman», deya tansiq eguliklarni rad etayotgan erkatoy qizchasining lo`ppi yuzlariga, tiqmachoqdek bilaklariga boqar ekan, egni yupunligidan diydirab, sovuq qotgan, ozg`in qo`llarini odamlarga cho`zganicha sadaqa tilayotgan qizaloq ko`z oldiga kelibdi. Shaytonning gapiga kirib, yonida borini unga berib yubormaganidan afsus chekibdi. Tunda Allohga nido qilibdi: - Ey Qodir Egam! Bu qizchaga nega bu qadar qiyin taqdirni ravo ko`rding? Bunaqada u qachon odamga o`xshab yashaydi?! Yigitning qulog`iga shunday ovoz eshitilibdi: «Seni nega badavlat etib yaratganimizni tafakkur qilmaysanmi?!»... [ OLLOX mexribon unga itoat qiladiganga ham qilmaydigaga ham MURRUVATini ayamaydi... Molu dunyoni xammaga berishi mumkun lekin.. bitta ne matni , OLLOX o'zi yaxshi ko'rgan bandalariga berar ekan.. Bu nemat seni jannatiy qilar ekan. Bu ''''IYMON'''' nemati.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 3
jigarin ayamay so'ysa. Muslim
muslimligin unitib qo'ysa.
Qiyomat bo'b qobdi Hudoyim
bilsa. Kambag'al bechora
ochlikdan o'lsa. Boylar pul
sochish bilan ovora bo'lsa.
Kofirlar o'lganlarin yahshi deb
kulsa. Hudo uribdiku sizlarni
rosa. . .