Do'stim vayronada bo'lsa.!
Menga saroy ne kerak.!
Do'stim g'amxonada bo'lsa.!
Menga xushjoy ne kerak.!
Bo'y cho'zsam osmonlarga.!
Qad rostlab maydonlarda.!
Do'stim zindonlarda bo'lsa.!
Menga ul oy ne kerak.!
Ne kerak do'stsiz savlat.!
Quruq yuz quruq surat.!
Do'stim dushmanlardan bo'lsa.!
Menga chiroy ne kerak.!
Baxtdan boolansa ko'zim.!
Uyimda boshlab ba'zim.!
Do'stim a'zada bo'lsa.!
Menga ul to'y ne kerak.!
Yolg'ondan yoki rostdan.!
Kechib bo'lmaydi do'stdan.!
Gar nishon do'stim bo'lsa.!
Menga u yoy ne kerak.!
Ming roziman taqdirimdan.!
Chin do'stlar topdim yo'limda.!
Do'stim peshonamda bo'lsa.!
Boshqa ma'no ne kerak.!
Oyoq qo'ling but bo'lsa...!
Nega shukur qilmaysan...!
Nolimagin ey do'stim...!
Azob nima bilmaysang...!
Xudoyim hech bandani...!
Nuqsonli yaratmasin...!
Ojiz qilib o'zgani...!
Qo'liga qaratmasin...!
Qara yorug' olamni...!
Ko'ryapsan ko'z bilan...!
Shukur qilgin fikringni...!
Aytayapsan so'z bilan...!
Katta baxtdir bilsang sen...!
Har kun sog'lom turish ham...!
Kimlarga armondir...!
O'zi erkin yurish ham...!
Yo'qchilik deb kuyinma...!
Bu kunlar o'tar-ketar...!
Boymi-gado oxiri...!
Bir joyga borib yetar....!