Payg'ambarim bor degan, Menga olloh yor degan, Kofir xalqi xor degan Musurmonlar yashasin. Dilga tugib iymonni, Hatto do'st deb ilonni, Qo'lga olgan qur'onni Musurmonlar yashasin. Besh vaqt namoz o'qigan, Ro'za tutmoq farz degan, Halol luqma-osh yegan Musurmonlar yashasin. Ozor yetkazmas sira Qo'lidan yo tilidan Aslo chiqmas dinidan Musurmonlar yashasin. Volidasi duogo'y, Padarlari xudojo'y, Yetimlarga so'ygan qo'y Musurmonlar yashasin. G'iybat otin cho'hlamas, Mish-mish qilib so'zlamas, Odamlarga do'g'lamas Musurmonlar yashasin. Gina saqlab yurmagan, Tuxmatga bosh urmagan, Yuzga niqob surmagan Musurmonlar yashasin. Totgan ilm bulog'in, Yoqqan bilim chirog'in, Obod qilgan har yog'in Musurmon