Предыдущая публикация
Ko’z qorang g’oliblik qildimi, malak, Qoraga muhtojmi yo tong yulduzi? Qoraga shunchalik o’chmi ko’zlaring, Balki, sir bermaslik uchun urinar. Qora ko’zoynakdan tiniq ko’zlaring, Bulut qirg’oqlagan oydan ko’rinar… Senga yarashadi qora ko’zoynak, Menga ham yoqadi, taqsang, taqaver! Parpiragan nurning oshig’i yurak, Dilni ishq o’tida yoqsang, yoqaver! Qora ko’zoynaging aylansin sendan, Bari bir qalbingni ko’raman aniq… Shuncha yashirsang ham ko’zingni mendan, Tun yashirolmagan yulduzday yoniq!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев