Qizcha shiringina uyqudan baqir-chaqir ovozi sababli uyg'onib ketdi. Közlarini ishqalab kravatidan tushdi va ovoz kelayotgan tomonga yura boshladi. Uning ota-onasi har kungidek özaro janjallashishardi. Ular qizchaning uyg'onganligiga ham e'tibor berishmasdi. Ota-onasining janjalidan qo'rqib, bir chetda ularni kuzatib turgan tört yoshli qizcha yig'lab yubordi. Bir-birlarini turli odob doirasidan tashqarida bölgan so'zlar bilan haqorat qilayotgan er-xotin bolaga e'tibor berishmasdi: - Siz men uchun nima qilib qo'yibsizki, menga baqirasiz? - O'chir ovozingni shallaqi, iflos, bolangni olib yo'qol bu uydan. Menga sen ham, bolang ham kerakmas. - Nima dediz? Hali bolamni olib yo'qolaymi? May
Shahar chetidagi mahallalarning birida shinamgina hovli bo'lib, unda kichkina bir oila yashardi: er-xotin va ularning ön yoshli og'illari. Yigit ö'z uyining yerto'lasida ustachilik bilan shug'ullanardi. U qöli gul hunarmand bölib, eshik va romlar yasashda unga yetadigani yöq edi. Kunlarning birida u har doimgidek öz ishini qilayotganida chiroq öchib qoldi. Usta bir qancha muddat kutdi, lekin chiroq yonmadi, aksiga olgandek shu kuni bitirishi kerak bölgan buyurtmasi bor edi. U afsuslangancha, biroz dam olish uchun uyga kirayotganida elektr yoqib-öchirgichga közi tushdi. Kimdir atay elektrni öchirib qöygandir deb öyladi. Darhaqiqat, dastakchalarni tepaga kötargan edi usta