SMSlar tinmidi, Halovat yo'q tonggacha. Yigit qizga, qiz unga, Jo'natadi bir sur'at. Uch kun o'tmi o'rtada, Boshlanadi muhabbat. Kitoblarni titkilab, Yigit izhorla yozar. Qizam bo'sh kemiman dip, Sevgi nomasin tuzar. Yigit qurg'ur etadi: "Kelin uchrashili bir" Qizga yoqdi bu taklif, Avval noz, keyin xop dir. Uchrashuvning manzili, Markazdigi xiyobon. Bu xiyobon shu toifa, Oshiqla uchun makon. Suhbatlashuv-la birga, Muzamqaymoqam yiyishdi. Sur'atga tushgandan so'ng, Halinchakda uchishdi. Xayrlashuv oldidan, Yigit:"quloqqa ilin. Uyga borgach siz darhol, Manga qo'ng'iroq qiling". Shu asnoda oradan, O'tib ketdi hafta, kun. Qiz ishqida yigitcha, Bo'ldi misoli Majnun. Ne bo'ldi-yu ulaning, Oralari buzildi. Ula bilgan ishq ipi, Chok-chokidan uzildi. Qizdan keldi SMS, "Xayr endi ALVIDO". Yigit javob qaytardi, "Manamas san bo'lding judo". Yigitga qilar alam, Tinmiy chekib, ichadi. Ikki kun o'ylab uni, Uchinchi kun kechadi. Yirtishadi maydalab, Birga tushgan sur'atin. Ko'rgani yo'q ko'zlari, Bir-birining savlatin. Tuyishdi "sevgi" hissin, To'rt hafta-yu, olti kun. Unutish uchun esa, Yetar bo'ldi ikki kun. Yigit tanishdi yana, Endi boshqa qiz bilan. Qiz ham o'rar o'zgani, Yana o'sha so'z bilan. Uchrashuv belgilandi, Ulgurmi tanishishga. Yigit rosa shoshardi, Qiz bilan ko'rishishga. Uchrashuvning manzili, Markazdigi xiyobon. Bu xiyobon shu toifa, Sevishganlar-chun makon. Bugun bu, erta yana, Yonlarida yengisi. Azizlarim yozganim, BUGUNGI KUN SEVGISI !
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 7