Предыдущая публикация
Obro`y topdim qo`shiqlar kuylab,
Raxmat oldim el dardin so`ylab,
Charchamadim o`zimni o`ylab,
Eshitmadim onam dardini,
Qachon bildim otam qadrini.
Nasixatlar berdim do`stimga,
U yo`l topdi kirib so`zimga,
Pand bermadim lekin o`zimga,
Eshitmadim onam dardini,
Qachon bildim otam qadrini.
Xali vaqt bor yoshman-ku dedim,
Kelajagim g`amini edim,
Hudbin edim, bir nodon edim,
Eshitmadim onam dardini,
Qachon bildim otam qadrini?
Ostonamda yig`laydi afsus,
Ahad deydi Buhoro yolg`iz,
Mashxur bo`lding endi ketamiz,
Eshitmadim onam dardini,
Qachon bildim otam qadrini.
ENG BAXTLI INSONLARDAN BIRI EKANIMDAN XURSANDMAN
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев