Men seni yo'qotdim izlayman nogoh, Yoki chin sevgimni sanayman gunoh. Sen ushbu so'zimdan bo'lib qo'y ogoh, Baxtli bo'lolmaysan mensiz sevgilim. Men seni yo'qotdim ayirdi firoq, Yuragim yorishmas yoqsangda chiroq. O'zga baxt axtarib topsangda biroq, Baxtli bo'lolmaysan mensiz sevgilim. Men seni yo'qotdim pinxona so'zim, Yomg'irli bulutdek yosh to'kar ko'zim. Dunyoda izlasang baxtliman o'zim, Baxtli bo'lolmaysan mensiz sevgilim. Men seni yo'qotdim izlab kelsang xam, Men qolib o'zganing g'amin yesang xam. Ilohim baxtimni topdim desang xam, Baxtli bo'lolmaysan mensiz sevgilim.
Hayot yo'llarimda yo'qotgan sevgim, Yuragimda xamon urayotgan sevgim. Mendan olislarda kulayotgan sevgim, Men seni gohida keladi ko'rgim. Ko'zlarim yoshiga cho'kayotgan sevgim, Yanada uzoqroq ketayotgan sevgim. O'zgadan baxtlar kutayotgan sevgim, Men seni gohida keladi ko'rgim. Xuddi shamollardek uchayotgan sevgim, Umirbot xijronni quchayotgan sevgim. Yuragim tubidan o'chayotgan sevgim, Men seni gohida keladi ko'rgim.