Ne uchun ko'zlaring meni izlamas, Nechun so'zlaringda faqat men emas, Sevarkan deb endi qilmagin araz, Endi menga jonim sevging kerakmas! Negadir yuraging sevgimni bilmas, Ozorlaring endi yuragim tilmas, Sevarkan deb rosa qildingda araz, Endi menga jonim sevging kerakmas! Muhabbatim chin edi emasdi havas, Endi tiqilmoqda bo'g'zimda nafas, Hammasidan to'ydim bo'ldi yetar bas, Endi menga jonim sevging kerakmas! Mayli sen qilaver qilaver araz, Sevgingni yo'qotding endi u qaytmas, Unutdim bu qalbda endi sen emas, ENDI MENGA SEVGING HECH HAM KERAKMAS!
Men paxtani sevaman, Menga paxta yoqadi. Endi menga baribir,Kim paxtadan qochadi. Shimim kalta va lekin, Uzun paypoq shukur bor Bundan buyon talaba, Bo'lmas sira baxtiyor. Makaron yesam jilmayib, Bo'lka yesam kulaman. Choy yetmay qolmasin deb,Tochne 4 da turaman.Oshqozon degan qabrga, Makaronni ko'mgan man.Va ustidan bir ko'sok, Qotgan bo'lka yeganman. Diqqat bo'lar domlalar, Bollar sonin sanashib. Menga esa turibdi, Teshik etik yarashib. Quchoq- quchoq terdim men, Xar narsa o'z holicha. Azizlarim paxtani, Tering joniz boricha. Paxta termay desangiz, Maslahatim olvoling. Cho'ntagizga bir pochka, Mingtalikdan solvoling. Terimga emas bizni, Sinovlarga tashlabdi.