Kun sanab, oy sanab balki yil o'tar. Axir kuz mangu emas, bahor ham qaytar. Kelmadiz ko'zlarim hamon yo'l kutar. Bir bora yo'qlashga arzimasmidim. Bilardingiz sizsiz kun menga kunmas. Bilardingiz sizsiz tun menga tunmas. Nahot sog'inmadiz, bir ko'rgiz kelmas. Bir bora yo'qlashga arzimasmidim. Nahot chiday oldiz shuncha kun mensiz. Qanday yashay oldiz shuncha tun mensiz. Shunchalar pastmidi mehringiz essiz. Bir bora yo'qlashga arzimasmidim?