Davlat bilan o'lchanmaydi baxt, Savlat bilan o'lchanmaydi baxt, Omad bilan o'lchanmaydi baxt, Baxtim yo'q deb qilmagin armon. Do'stim umring o'tmasin yolg'on, Dildan yig'lab kula olsang gar, Ko'zing ochib yura olsang gar, O'z kuningni kora olsang gar. Bu dunyoga qaytib kelmassan, Yashashni bil baxtsiz emassan, Kecha osmon qorayib ketdi, Dunyo menga torayib ketdi. Sabr qildim barchasi o'tdi, Yo'qotmadim dildan shahdimni, Shukr yana toptim baxtimni...