Qani bu yolg'onlar qaygacha borar ekin
Vijdon degani oz bo'lsa ham qiynalarmikin
Ko'ramiz nima foyda topa olarekin
Yutarmikin yoki yutqizarmikin
Alamlar ezardi ahir bilan bu haqiqatdan
Alamlar ezardi nega bunchalar soxtasan
Ahir go'l emasman hammasidan boxabarman
Agar o'ylab ko'rsam sendayin qizga mos em
Bunchalar jim bo‘lmasa, bunchalar sokin,
Yaqining bo‘lmaganda vaqt o‘tar sekin.
Dunyodagi eng qimmat narsalar
Aslida bo‘lar ekan tekin.
Esimda hali do‘stlarim aytganlari menga
Yoningdagi sohibjamol pul uchun atiga
Yana esimda sohibjamol aytgan so‘zlari:
"O‘sha do‘stlariz bir kun kelib pulga sotadi"
Arosat orasida men chekkanimda ozor
Bag‘riga bosib meni onam aytgandi bir bor
"Jon bolam, bir umrga sen shu narsalarni eslab qol,
Bu dunyoda chin do‘stlik, haqiqiy muhabbat bor."