Ko'z yosh to'kib yillar bag'rida,
Bir kun kelib so'nib ketamiz.
Davo topmay dilning dardiga,
Boshqa yorga ko'nib ketamiz.
Ayiblaymiz raqdirimizni,
Hayotga bir kelib ketamiz.
Yuraklarda tutib sirimiz,
Boshqa yorga ko'nib ketamiz.
Boshqa-boshqa yurar yo'limiz,
Shu yo'llardan kuyib o'tamiz.
Zor yig'latib ilk sevgimizni,
Boshqa yorga ko'nib ketamiz,
Shavqatsiz taqdirga ko'nib ketamiz...