Onamga
Oh, mening ortimdan ovvora onam,
Bir parcha yuragi ming pora onam.
Bir bolani ko‘rib yorug‘ dunyoda,
Toshkanni ko‘rmagan bechora onam,
Bolang bo‘lib bir bor boshlab keldimmi,
Endi men ham senga o‘gil bo‘ldimmi!..
Garchi bisotingda \"bayram\" so‘zi yo‘q,
Bilaman, kutasan sandal to‘la cho‘g‘,
Menda yurak deganlarin o‘zi yo‘q:
Men sovga bermagan qiz yo‘q bu oqshom,
Senga na gul berdim, na shirin kalom,
Endi men ham senga o‘gilmi, onam?..
Deysan: olislarda omon yursang bas,
Yodingga tushsam goh yo‘qlab tursang bas,
Bolam, senga hamma qiladi xavas...
Axir, mening dardim Sher emas faqat,
Men mashhur shoirmas — mashhur beshafqat,
Endi men ham senga o‘g‘ilmanmi, ayt?..
Shaningga sher bitd