Mo'min fikr va muloxaza bilan mashg'ul, Munofiq orzu havas bilan mashg'ul, Mo'min Allohdan o'zgasidan no-umid, Munofiq esa Allohdan o'zgasidan umidvor, Mo'min faqat Allohdan qo'rqsa, Munofiq Allohdan boshqa hammadan qo'rqadi, Mo'min dinim deb molidan kechsa, Munofiq molim deb dinidan kechadi, Mo'min hayrli amallar qiladi va yig'laydi, Munofiq yomonliklar qiladi va Kuladi, Mo'min hilvat yolg'izlikga intiladi, Munofiq yig'inlaru izdihonlarga o'zini uradi, Mo'min ekadi va hosilni fasodidan havfda, Munofiq ekindi qurutadi va hosilni umid qiladi.