Предыдущая публикация
Yuragimni bir his o'rtaydi, Qani yo'lim yaqin bo'lsaydi, Ko'nglim har on sizni qumsaydi, Onajonim Sog'indim Sizni.
Ko'zlarimga kelmaydi uyqu, Meni qiynar, bir ajib tuyg'u. Bilmadim bu sevinchmi qayg'u? Onajonim , Sog'indim Sizni.
Keling onam, mehmonim bo'ling, boshim uzra posbonim bo'ling. Yuragimga darmonim bo'ling,
Onajonim , Sog'indim Sizni.
Yolvoraman , har tong, olloxga, Olib tursin, sizni panoxga. Borolmasam , yo'ymang gunohga, Onajonim , Sog'indim Sizni.
Tonglar , qo'lim ochib duoga, Iltijolar qilgum, Hudoga. Umringizni etsin ziyoda, Onajonim , Sog'indim Sizni.!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев