Joriy yilning 20-22 iyun kunlari "O’zstandart" agentligining katta majlislar zalida "ISO 14001 - Ekologik menejment tizimlari. Talablar va qo’llanish bo’yicha qo’llanma" mavzusida o’quv seminari o’tkazildi.
“O’zstandart" agentligi va Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) yaqin hamkorligida o’tkazilgan ushbu seminar bugungi dunyoda ekologik taraqqiyot va ekologik mas’uliyat muammolariga bag’ishlandi.
1996 yilda ISO 14000 seriyasidagi dastlabki standartlarning chop etilishi ishlab chiqaruvchilarni ekologik tavsiflarlarni yaxshilashga qaratilgan kuchli mexanizm bilan ta’minladi. Ushbu yondoshuv Hukumat tomonidan o’rnatilgan majburiy nazorat emas, balki barcha xodimlarning atrof muhi