Boshlanadi qishloqda,Shunda pichir-pichirlar.Sizga nima?Siz uhlang! Hech ishingiz bo'lmasin.Kimda kimning ko'ngli bor,qo'yavering o'ynasin...Oshiqlar ham oshiqdekMayli ko'ngil xushlashsin,Ikki oshiq istasa, Shamol bilan mushtlashsin.O'ksimasin qiz qalbi,Yigit rayi o'lmasin.Kimda kimning ko'ngli bor,Qo'yavering o'ynasin...G'iybat qilmang yigitni, Uyaltirmang qizni ham.Shunday o'tli muhabbatSiylar bo'lsin sizni ham.Bir sovuq so'z tufayli,Sevgi bog'i so'lmasin.Kimda kimning ko'ngli bor, Qo'yavering o'ynasin...Ilk sevgidan iymanib,So'ng pushaymon tortsa ham,Sepli qizga suykalib,epli qizdan tonsa ham.Nasib etmay yor vasli, Endi xajri qiynasin..!Kimda kimning ko'ngli bor,qo'yavering o'ynasin...Ikki yorti bosh uzraPorlasin ishq quyoshi,Qizga hayo,yigitning g'urur bo'lsin yo'ldoshi.Diydoriga bir-birin,termulishib to'ymasin.Kimda kimning ko'ngli bor,Qo'yavering o'ynasin...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев