Manzil boshqa, yo’ling boshqa bo’lmasin, Vatanni sev, eling boshqa bo’lmasin, Soxta surat bilan yashama aslo, Tiling boshqa, diling boshqa bo’lmasin. Kimniki ko’nglida qora dog’i bor, O’z do’stin ko’rolmay yashar fe’li tor, Hech kimga zarracha bermagin ozor, Tiling boshqa, diling boshqa bo’lmasin. Kimga omad kelsa xasad qilmagin, Kimdan omad ketsa g’iybat qilmagin, Yaxshini yomon deb tuhmat qilmagin, Tiling boshqa, diling boshqa bo’lmasin. Yo’q joydan bir ig’vo izlamachilar, O’rtani buzguvchi tuzlamachilar, Yomon ko’pdir ikki yuzlamachilar, Tiling boshqa, diling boshqa bo’lmasin. Do’sting xato qilsa aytgin yuziga, Ammo, aldamagin qarab ko’ziga, Nima gaping bo’lsa gapir o’ziga, Tiling bos
Do'st deb chopar ko'plar umri o'tguncha.Yordam qo'lin cho'zar do'stga yetguncha.Do'sting sanab xursand bo'lma ey inson.Bazilar do'st bo'larkan ishi bitguncha.