"Bilmayman"
Menga o'lim tilaganga umr tilayman,
Mayliga yiqitsin uni qo'llayman,
Aslida bari g'animat ekan,
Ertaga ne bo'lishim o'zim bilmayman.
Kechagi qadrdon bugun esa yo'q,
Kimlarning xayotdan yana ko'ngli to'q,
Umr ham shoshqindir bamisoli o'q,
Ertaga ne bo'lishim o'zim bilmayman.
Bariga Tangrim o'zlari guvoh,
Goh bilib goh bilmay qilganman gunoh,
O'zimcha yana chekibmanu oh,
Ertaga ne bo'lishim o'zim bilmayman.
Qochay deymiz dunyo ishidan,
Tugab bo'lmas bu tashvishidan,
Bugungi kun asta o'tmoqda,
Ertaga ne bo'lishim o'zim bilmayman.
Bir chetda bildirmay qonlar yig'layman,
O'tkinchi havas deb bag'rim tilmayman,
Lekin tilim titrab o'sha savollar,
Ertaga ne b