Предыдущая публикация
G'am kelar sen tomonga.
Aybni qo'yib zamonga,
O'zgaryapti odamlar.
Dil dardiga davo yo'q,
Dilga malham navo yo'q.
Oshiqlarda vafo yo'q,
O'zgaryapti odamlar.
Ko'ngil sotar dil sotar,
Yuragimga gam botar.
Do'st do'stiga tosh otar,
O'zgaryapti odamlar.
Zo'rlar zorga qilar do'q,
Yuragimga tegar o'q.
Daryosida tomchi yo'q,
O'zgaryapti odamlar.
O'g'il yashar shohona,
Ona ko'ngli g'am hona.
Tirikchlik bahona,
O'zgaryapti odamlar.
Kimlarni qo'ydim koyib,
Uqmasga so'zim hayip.
Zamonada yo'q ayb,
O'zgaryapti odamlar
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 1