Biz kelib ketuvchi to’garak jahon Na boshi ma’lum na so’ngi ayon Hech kimsa rostini aytib berolmas Biz qaydan keldigu ketarmiz qayon Keksa yosh hayotga har kimki yetar Hammasi izma-iz birma-bir o’tar Bu dunyo hech kimga qolmas abadiy Ketdilar, ketamiz, kelishar, ketar Kelmoq qo’lda bo’lsa kelmasdim bir dam Ketmoq qo’lda bo’lsa ketmas edim ham Juda soz bo’lardi bu g’amxonaga Kelmasam, turmasam, kelib ketmasam. Afsuski yigitchilik mavsumi bitdi Ko’klam o’tib ketdi, qish kelib etdi Yoshlik deb atalgan u sevinch qushi Bilmadim qachonlar keldi-yu ketdi.
Garchi hayot o'tkinchi lekin kоtta dars ekan.....Men bersam qarz emas ular bersa qarz ekan.....Har qadamda do'stimdan o'zim bilmay pand yedim.....Do'st deganim do'st emas faqat ONAM do'st ekan....!!
Peshonangda yillar izin solarkan. Yoshlik yomg'irdayin yog'diyu o'tdi, Dunyo berganini qaytib olarkan. Odam arimagan xovli endi bo'sh, Izzatu ikromlar o'tib ketgan tush. Qadring to'kilarkan to'kilgandek tish, Dunyo berganini qaytib olarkan. Kecha tillo sochib o'ynagan zotlar, Bugun nochorlikdan indamay dodlar. Dengizin sog'inib yig'lar qirg'oqlar, Dunyo berganini qaytib olarkan. Nafsning zanjiridan uzilu unut, Vaqting kelishini ozod bo'lib kut. Deya o'tib ketti yonimdan tobut, Dunyo berganini qaytib olarkan.