9 Kuz havosi bunchalar yoqimli. Ishqning iliq nafasini olib kirgandek yuragim sokin kuzning sovuq epkinidan entikadi. Osuda tun qo’ynida hayollarim olgan olisdagi yulduzlarga qarayman. O’zimni yulduzimni izlayman. Yo’q. O’zimning emas, sening yulduzingni. – Ha. Ana u. Hamma yulduzlardanda yorqinroq ziyo sochib turibdi. Bu Zuxro yulduzi. Bu mening birinchi muhabbatimning yulduzi. Armon bo’lgan sevgimning yulduzi. Olovi hali-hamon yuragimni yondiryotgan ishqim yulduzi. Entikib- entikib shirin hislarni yuragimga solguvchi ilk muhabbatim yulduzi.