Dunyoga bir martakeladi odam, Birmarta yashaydi, bir marta o'lar.Do'stlarim bir savol so'rasam sizdan,Aytingchi ertaga bizdan ne qolar?Kimlardir bir umr mol-dunyo yig'sa, Kimdir shon-shuhrati bilan maqtanar.Xavoyilik bilan umrimiz o'tsa, Aytingchiertaga bizdan ne qolar? Unutma eydo'stim, unutma g'anim, Inson budunyoga bir marta kelar. Fursatimg'animat, bezovta ko'nglim, Aytingchi ertaga bizdan ne qolar? Tushlarimaylanib borar rostiga, Ba'zida hayotham tushdek tuyular. Biz dardlarorttirsak dardlar ustiga, Aytingchiertaga bizdan ne qolar?