Omad bir tulpordir xoritib qo'yma. Yosh joningni qiynab qaritib qo'yma. Dushmanlaring qilmishin unutgin ammo. Kechagi kuningni unutib qo'yma. Kimlarga qo'l yetmas yulduzsan. Eng baland cho'qqisan sen kimlar uchun. Bir kuni otar xammasi sen tushun. Kechagi kuningni unutib qo'yma. Tomchi tomchi yiqqan shuxrating bordir. El ichida qancha xurmating bordir. Bu kunga yetolmay qanchalar zordir. Kechagi kuningni unutib qo'yma. Aziz bolish boshqa boy bo'lish boshqa. Aql bu qaramas keksayu yoshga. El ichida dostim kerilma boshqa. Kechagi kuningni unutib qo'yma. Aslida pul xam bir oddiy qog'oz. Jigarim ozingni bosib ol biroz. Oyoqlaring yerdan uzulgani rost. Kechagi kuningni unutib qo'yma. Bilaman qand