Yo‘llar uzoq, qush emasmanucholmayman.Ko‘kka boqib o‘ylanaman: uytinchmikan?Suratlarni bag‘rim to‘lib qucholmayman.Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan? Sen bag‘ringga bosding meni, men-chiqochdim.Senga aytmay ko‘ngil sirim kimgaochdim?.Oh, mehringdan qochib kimga mehrsochdim. Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?Dunyo dedim, mingim keldi mashinalar.Quray dedim imorat, marmar zinalar.Sendan olis pul topdim-u jon qiynalar.Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan?Sovuq qotdim qish bo‘lsa ham, yoz bo‘lsa ham.Egnim qalin bo‘lsa ham-ki, oz bo‘lsaham.Quyoshimsan muhtoj bo‘ldim taftinggaham.Ona, tuygan tuyg‘ularim sog‘inchmikan? Ajab hislar ko‘p o‘ylanib, xo‘p tuyarman.Kulgu qisqa, qayg‘u ortiq ko‘p
Allohim umr ber ota-onanga. Sabr ber gohida tushganda g'amga. Shundog'am meni deb qancha dard yutgan. Nopoklik yuqmasin deya bolamga. Ertaga bahorning avji so'nsa ham. Daryolarning erka mavji so'nsa ham. Ostonasi tillo qasr kerakmas. Otam omon bo'lsa onam sog' bo'lsa bas