O'tar qancha yillarto'zoni,Yulduzlar ko'z yoshi samoni.O'tar inson yaxshi yomoni.Mehr qolur, muhabbat qolur.Qorachig'ida porlagan o'sha,Iqboliga chorlagan o'sha.Dunyoni tor aylagan o'sha.Mehr qolur , Muhabbat qolur.Anor sening yuzlaring suluv,Xumor sening ko'zlaring suluv.Yodda qolmas so'zlaring suluv.Mehr qolur, Muhabbat qolur..Oqib ketdi suvlarda Tohir,Zuhro yig'lab qoldi qon bag'ir.Kelganda ham qiyomat oxir.Mehr qolur Muhabbat qolur.Nima deysan, ey, g'ayur inson?G'iybatlaring qildi meni qon.Sen ham bir kun o'tursan inon.Mehr qolur muhabbat qolur...Muhammad Yusuf