safar ketayotganimda, men
dunyoda eng yaxshi köradigan
insonim. Ha, dunyodagi eng
mehribon qalb sohibasi yonida
xotirjam sezardim özimni. Lekin
bir kuni avtohalokat tufayli
onamdan ayrildim... Ösha kun
juda ham uzoq yig'ladim. Vaqtlar
ötdi. Onamni juda ham
sog'ingandim... Bir kuni yölda
hayol b-n bir qizga turtilib ketdim.
Unga qaradim, közlari shunchalar
mehrli ediki, bunaqa nigohni
onajonim közlarida körgandim.
Öng yuziga yarashib turgan xolini
ko'rib aqldan ozayozdim. Chiroyni
ham ayamay beribdi tabiat. U
qoshlarini chimirib, judayam
shirali ovozda "Közizga
qaramaysizmi?" deganida özimga
keldim. Uzr söradim va tap
tortmasdan tel raqamini söradim.
Bunaqa betgachoparlik miyamga
qanday quyilib qolganiga özim
ham hayron edim. U esa istehzoli
tabassum b-n mayli urilib
ketganiz u-n, 5693... deya oxirgi 3
ta raqamni aytmadi. Keyin g'alati
ekansiz, özizni bir öqitvoring,
dediyu tez-tez yurib ketdi. Men
telimni qölga oldimda, aldamagan
bölsin deya nomerlarni tera
boshladim: 5963000, 5963001...
Har xil ovozlar ichidan uning
javob berishini kutardim. Nihoyat
ertasi kun men qidirayotgan ovoz
eshitildi: "Allo" Men shu sözning
özidayoq butun hayolimni band
etgan qizni tanidim. - Gözal qiz,
raqamizni qolgan 3 tasini ham
ayting, qidiraverib qöllarim og'rib
ketdi,- dedim. U bölsa hayron
qoldi. Keyin 4 tasini aytmasam
bo’larkan, topolmasdiz, dedi...
Men kuldim. G'alati, men kula
boshlagandim. Uni qanchalar
qidirganimni, juda sohibjamol
ekanligini aytdim. Xullas, u b-n
shu taxlit tanishgandim. Vaqt
ötdi. Bir-birimizga juda bog'lanib
qoldik. Uning közlarida judayam
ulkan mehrni körardim. "Özizni
ehtiyot qiling" derdi u har safar
ketayotganimda. Uning sözlari
ham onamga öxshardi. Bir kuni
tunda undan hazil aralash alla
aytib berishini söradim. Köp
iltimoslardan keyin tel orqali
uning yoqimli allasi eshitildi. Allasi
ham onamni eslatdi. Ösha tunda
2-marta közim yoshlandi. "Sizga
bir gap aytishim kerak,- dedi bir
kuni,- yodizdami ösha sizga
turtilib ketgan kunim? Öshanda
yuragim juda qattiq urgandi. Buni
söz b-n tasvirlab berolmayman.
Ehtimol shuning uchun tel
raqamimni beixtiyor aytib
yuborgandirman. Bilasizmi, 17
yoshimda doktorlar yuragim
xasta ekanligini aytishgan.
Shundan keyin og'ir yotib
qolgandim. Ösha paytda bir ayol
og'ir avtohalokatga uchragan, uni
yuragini menga köchirishgan.
Uning bir farzandi bölgan ekan,
yolg'izgina ög'li. Tushunyapsizmi?
Men ösha bolani topishim kerak".
Mening közlarim 3-marta
namlandi. "Mana u nimaga
onamga öxshaydi?!" Keyin unga
u bolani unutishi kerakligini,
hozir u judayam baxtiyor
ekanligini aytdim. Axir endi ösha
yigit dunyodagi eng mehribon
qalb sohibasi yonida özini yana
xotirjam sezmoqda edi...
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев