Odam hamma narsaga to'yishi mumkin. Boylikka... Amalga... Shon-shuhratga... Xudoning o'zi kechirsin-ku, hatto hayotga ham. Odam hamma narsaga to'yishi mumkin. Faqat bir narsaga - MEHRga to'ymaydi. Bu masalada shoh-u gado barobar. Holbuki, dunyoda bundan arzon narsa yo'q. Bir og'iz shirin So'z, bir chimdim Mehr kimni o'ldiribdi? Biz esa shuni ham bir-birimizdan ayaymiz...