Ona borki ko'ngil uyi obod ekan.Ona bilan yuraklaru dil shod ekan.Onajonlar dili osmon bir zot ekan.Men hech kimni sevolmaymanOnamdayin.Duo qilar har bir o'tkan kunimuchun.Jonin fido etgan mening umrimuchun.Ey do'stlarim bu dunyodashuning uchun.Men hech kimni sevolmaymanOnamdayin.Kimdir go'zallikni shaydosidir.Ya'na kimdir gullolalar adosidir.Men uchun dunyoda tengsizbaxosizdur.Men hech kimni sevolmayman
Sevgimdan suv ichib tashna bu olam, Muhabbat bo'g'iga tashladim qadam, Sevgim Siznikidan kamroq bo'lsa ham, Siz meni baribir yaxshi ko'rasiz. Balki aytolmayman bezakli so'zlar, Balki yuragimda qop-qora izlar, Ortimdan ergashib yursa ham qizlar, Siz meni baribir yaxshi ko'rasiz. Goh quvnoq va goho jiddiy bo'lsamda, Noo'rin so'zlarga xandon kulsamda, Hatto yig'latgulik hazil qilsamda, Siz meni baribir yaxshi ko'rasiz. Davlatim yo'q mening ko'nglimdan bo'lak, O'zimdan o'zgani sevmaydi yurak, Mendan-da xudbinroq bo'lmasa kerak, Siz meni baribir yaxshi ko'rasiz. Mayliga ortimdan toshlar otsa ham, Mayliga quyoshim bevaqt botsa ham, Va yoki bir meni dunyo sevsa ham, Siz meni baribir yaxshi korasiz