Chet ellarda yurmas edingiz. Xar xil surma surmas edingiz.
Yarim ochiq kiymas edingiz.
Qayerdasiz o'zbek ayoli.
Tushmas edi boshdan romollar.
Qoshi qiyos bo'lgan kamonlar.
Bilmam keldi qanday zamonlar.
Qayerdasiz o'zbek ayoli.
Dalarda yurmaysiz aslo.
Shaxarlikka aylanib go'yo.
Bilib qo'ying bu o'sha dunyo.
Qayerdasiz o'zbek ayoli.
Avval ketmon yurardi qo'lda.
Xozir esa qo'lingiz ro'lda.
Eslang kotta bo'lganmiz cho'lda.
Qayerdasiz o'zbek ayoli.
Xamma joyda yuribdi mish mish.
Xozir zamon o'zgargan emish.
Zamon o'sha bahor yoz kuz qish.
Qayerdasiz o'zbek ayoli.