Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich “Mayli yoshlar o`z davrining talablari bilan uygun bo`lsin. Lekin ayni paytda o`zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug` zotlarning avlodimiz degan da`vat ularning qalbida doimo aks sado berib, o`zligiga sodiq qolishga undab tursin” deb yoshlarni bobokalonlarimizga munosib farzand bo`lishga chaqirdilar. Shunday ekan tarixning sahifalarini tashkil etuvchi ajdodlarimiz va muqaddas qadamjolarimiz haqida so‘z borganda birinchi galda buyuk davlat arbobi va sarkarda, sohibqiron Amir Temur bobomizning o‘lmas nomini tilga olamiz, albatta. Hazrat Amir Temur sarkarda, davlat arbobi sifatida, zamonasida Osiyo va Yevropa qit'alarida ro‘y bergan, katta tarixiy o‘zgarishlarni amalga oshirgan shaxs sifatida ardoqlanadi.
Sohibqiron Amir Temur hazratlari nomi bilan bog‘liq Shahrisabz va Yakkabog‘ni bog‘lab turuvchi bir ko‘prik borki, bobokalonimizning hayoti va faoliyatiga qiziqqan har bir qalam ahli, mana shu ko‘prikdan o‘tib, Sohibqiron yashagan tuproqqa sayohat qilgan. Bu ko‘prik Yakkabog‘ tumanidagi Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘idagi tarixiy qadamjolardan sanalgan Xoja Ilg‘orota - Muhammad ibn Abulqosim hazratlarining muborak ravzalaridir.
Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”sida aytilishicha, Amir Temur ilm-fan sohiblariga shunday degan ekanlar: “Fan va dinning mashhur kishilari o‘z maslahatlari bilan podshohlarga yordam berib kelganlar. Mening maqsadim mamlakatda adolat o‘rnatish, tartib va tinchlikni mustahkamlash, fuqarolarning turmushini yaxshilash, yurtimizda qurilishni kuchaytirish, davlatimizni rivojlantirishda sizlar bu ishlarni amalga oshirishda menga o‘z maslahatlaringiz bilan ko‘maklashishingiz kerak”.
Ibn Arabshohning “Ajo¬yibul-maqdur fi tarixi Temur” asarida esa sohibqironning tavallud topgan joylari bilan bog‘liq shunday jumlalar bor: “Temur ibn Tarag‘ay ibn Abag‘ay bo‘lib, uning tug‘ilgan joyi Xoja Ilg‘or deb ataladigan qishloqdir. Xo‘ja Ilg‘or Keshga qarashli joylardandir. Alloh u yerdan har qanday yomonlikni daf etsin! Kesh - Movarounnahr shaharlaridan biri bo‘lib, Samarqanddan taxminan o‘n uch farsax (masofa)dadir”.
Mahalliy qo‘li gul ustalar bilan birga hindistonlik g‘isht teruvchilar, Sheroz, Isfahon va Damashqning mash¬hur usta-hunarmandlari mamlakatda go‘zal imoratu inshootlarni bunyod etganlar Tabrizdagi masjid, Sherozdagi saroy, Bag‘doddagi madrasa, Turkistondagi Ahmad Yassaviy maqbarasi, ona shahri Shahrisabzda otasi va o‘g‘li Jahongirning qabri ustiga qurilgan maqbara hamda mashhur Oqsaroy majmuasi shular jumlasidandir.
«Amir Temur va temuriylar davri ilm-fan va madaniyati to‘g‘risida gap borganda, har qancha g‘ururlansak arziydi. Bu xayrli ishlarda ham temuriy hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi beqiyos bo‘lgan. Mustaqillikga erishganimizdan so`ng buyuk bobomiz qadamjolari va qurdirgan maskanlari qaytadan ta`mirlandi. Lekin e`tibordan chetda qolib kelayotgan Amir Temur bobomiz tug`ulgan joy ham bugungi kunda qaytadan qurilish va ta`mirlanish arafisida turubdi. Qashqadaryo viloyati Yakkabog` tumanida joylashgan Xo`ja ilg`or ota ziyoratgohi barcha mahalliy va xorijiy sayyohlarni e`tibirini tortishi tabiiy. Chunki Amir Temur bobomiz to`g`risida ma`lumotga ega bo`lish uchun kelgan sayyoh, u buyuk zotning tug`ulgan joylarini ko`rmay ketishining iloji yuq. Shu sababli tumanimizda, tumanimiz hokimi Jahongir Boboyev boshchiligida bu xayrli ish olib borilmoqda. Bu xayrli ishga har birimiz kamar basta bo`lmog`imiz zarur.
O`zMTDP Yakkabog` tumani
kengashi ijrochi kotibi B.Baxramov
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев