Armon ko'pdir yurakda to'yib bo'lganman, Dardim bedavodir kuyib bo'lganman. Boshqa o'lolmayman beg'uborginam, Sog'inmay qo'ygan kuning o'lib bo'lganman. Sevgi azob desalar ishonmagandim, Dunyodan kechdim-u lek sendan kecholmagandim. Rost qalbing qulfini ocholmaganim, Mehring ado bo'lgan kun o'lib bo'lganman. Ayamading ko'zlarimi yoshlab ketting sen, Yuragimni azoblab g'ashlab ketting sen. O'z baxtingni o'zing tashlab ketting sen. O'sha qaro kundan boshlab o'lib bo'lganman.