Eh, o'shalar yaxshi odamlar,
Kimligimni qachon bilishdi.
Negadir hech yaxshi bo'lmadim,
Meni baribir yomon diyishdi.
Sovib qolgan choy kabi debmi,
Oyoq osti loy kabi debmi,
Dog'lari bor oy kabi debmi,
Meni baribir yomon deyishdi.
Baxam ko'rdim borimni tinmay,
O'tdilarku nazarga ilmay,
Gox bilishdi, goxida bilmay,
Meni baribir yomon deyishdi.
Atirgulday tikonim uchun,
Sal achchiqroq zabonim uchun,
Orzularim, armonim uchun,
Meni baribir yomon deyishdi.
Kimlar aldab laqqillatdi ham,
Yuragimni taqqillatdi ham,
O'zlaridan uzoqlatdi ham,
Meni baribir yomon deyishdi.
Ulardayin bo'lolmadim yo,
Yuz-yuzaki sevmadimmi yo,
Hayot nima bilmadimmi yo,
Meni baribir yomon dey