Bilib qo'y hayotda, zo'rdan ham zo'r chiqadi!
Voy peshonam sho'r demang, undan ham sho'r chiqadi.
Omadni siz quvmanglar, quvsangiz u ketadi.
Doim halol bo'lsangiz o'zi quvib yetadi!
Kimdur aqlli bo'lar, kimdur undan o'tadi.
Ko'p bilgani oxiri ko'p savollar kutadi!
Osmondagi bulutlar doim uchib yuradi.
Aytchi qaysi zo'r inson mangu hayot quradi...