Ming martta sog'ingan sevgimga, Bir martta sog'insangiz yetardi. Ming yilga yetkulik sevgimga, Bir lag'za sevganingiz yetardi. Har kuni yo'lingizni poylasam, Jilmayib o'tkaningiz yetardi, Sevgimni olamga jar solsam, Pichirlab aytganingiz yetardi. Sevishni bilmadim azizim. Bilardingiz bilganingiz yetardi. Bir umr begona bo'ldikku, Arazlab qolganingiz yetardi. Yolg'izlab qo'ydingizku yolg'izim. Umidvor yurganim yetardi. Ko'ksimda bir buyuk sevgim bor. Sizga ham manga ham yetardi.