Mehr nima ey odam?- Mehr ikki ko'zingdir.- Oqibat ne ey odam?-Labzi shirin so'zingdir.- Gunoh nima ey odam?- Gunoh egri yo'lingdir.- Halol nima ey odam?-Halol qadoq qo'lingdir.- Ixlos nima ey odam?- Ixlos ishonch olovi.- Insof nima ey odam?- Insof nafsing jilovi.- Vijdon nima ey odam?- Vijdon qaynagan qondir.-Iymon nima ey odam?- Haqni tanigan jondir.- Kulfat nima ey odam?- Kulfat qizil tilingdir.- Baxt nimadir ey odam?- Baxt hotirjam kuningdir...!!