Shaydo bo'lsim men ko'z qarog'ingizga,
Ado edim men gul dudog'ingizga,
Ash'or bitib oydek yanog'ingizga,
Aylanib qolsam men keragingizga,
Yo'l istab borardim yuragingizga.
Sevgi ko'chasida sarsonman yana,
O'z holimga o'zim hayronman yana,
Ana qarang, armon qilar tantana,
Hatto qo'lim tegmay bilagingizga,
Yo'l istab borardim yuragingizga.
she'riyat shaydolari uchun shoir Abdulloh Mirzo she'rlarini telegram kanalimizda kuzatib borish imkoniyati siz azizlar uchun. @Abdullohmirzoofficial kanalimizga a'zo bo'ling va biz bilan birga bo'ling. hutmat bilan Mirzo gulshani admini. telegram nomerimiz muhlislar uchun; +998999020467