Предыдущая публикация
Xudo deb,birinchi kuning boshladik, eski sahifangni ortga tashladik, bahtga elt qo'lingdan mahkam ushladik, Hush kelding-xush ko'rdik seni Yangi yil! Xomush kunlarimiz eslatma bizga, qalblarga bahor bo'l,o'xshama kuzga, shodlik ulash,eslaylik kirsak-da yuzga, Hush kelding-xush ko'rdik seni Yangi yil! Haqqa duodamiz,umidlar bisyor, O'zi barchamizga bo'lsin madadkor, Yetkizgani uchun shukr deb ming bor, Hush kelding-xush ko'rdik seni Yangi yil! Bemorga davolar olib kelgan bo'l, diydor-u,mehrdan shamsday kulgan bo'l, xatolarni qaytarishga berma endi yo'l, Hush kelding-xush ko'rdik seni Yangi yil!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев