Ta'magirni tortiqlab
Nafsi qoymas deydilar.
Nokas o'zi to'ysa ham
Ko'zi to'ymas deyeilar
Boq bir yorug' olamga-
Kimlar zo'rg'a kun ko'rar.
Odamlar bor, bog'dagi
Bulbuldan ham pul so'rar
Yolg'on dunyo-bu dunyo
Arzon dunyo-bu dunyo
Ne-ne hokim,beklardan
Qolgan dunyo-bu dunyo
Kiprik dan ham qisqadir
Molu dunyo yo'llari
Ibarat bo'lsin Iskandar
Ochiq ketgan qo'llari!...
Uzat deysan, ber deysan,
Hech qo'ymading odam zod.
Tuya to'ydi,fil to'ydi
Sen to'ymading odamzot.
Shukr qilar hattoki
Qumursqa-parrandalar
Shukr deysan sen qachon
Xom sut emgan bandalar?...
Bu uch kunlik dunyoda
Savlatingga kerilma
Qasr qurma bog' qoldir
Davlatingga kerilma.
O'z elingni qaqshatsang