Qalbim oynasidan qarayman sekin, Xayollar o'rtida ko'raman sizni. Barini unutdim. Bariga ko'ndim. Lekin unutmadim bir o'zingizni... Ko'nglim ko'chasida kezib tentirab, Har safar, besamar,imkonsiz chiqdim. Yurakni o'rtaydi bir savol,yo Rab: Yo siz shoshdingizmi, yo men kechikdim...? Dardim ichga yutib yashayapman, Jim... Taqdir ekan dedim,Taqdirga ko'ndim. Hech kim topolmasin Tuyg'ularimni, Yurakning eng chuqur yeriga ko'mdim....