Sog'inaman sizni sinfdosh.
Ketmoqdamiz kiprliklarda nam,
Ulg'aymoqlik tomon bir qadam.
Lek yurakni o'rtar bir alam,
Sog'inaman sizni sinfdosh.
Chalinmoqda so'ngi qo'ng'iroq,
Bolalikka solmoqda firoq.
Taqdir shunday deymizu biroq,
Sog'inaman sizni sinfdosh.
Bosib o'tdik qancha yo'llarni,
Qorlari-yu yomg'ir do'llarni.
Qumsab endi o'sha kunlarni,
Sog'inaman sizni sinfdosh.
Ilk muhabbat senga lolalar,
Tutsam kular edi bolalar.
Sevgimizga guvoh xonalar,
Sog'inaman sizni sinfdosh.
Qoldi nahot barcha barchasi,
Qorboboyu,bayram archasi.
Aytolmadim so'zim qanchasi,
Soginaman sizni sinfdosh.
Bo'lishardik barcha sirimiz,
Yorishganday bo'lib dilimiz.
Kel bir bora tutib qo'limiz,
Sog'inaman sizni s