Bir kun malikaga o'xshab qolaman, Gul qadalgan oppoq libos olaman, Muzdek yuraklarga o'tlar solaman, Men baxtli bo'laman, ishonavering... Bir kun ko'z o'ngimda gullaydi bahor, Oyqizlar tegramda aytishar yor- yor, Menga gullar tutar meni suygan yor, Men baxtli bo'laman, ishonavering...Bir kun mahkam quchib Dadam bo'yini, Singlimga tutqazib erka kuyimni, Yig'lab tark etsam-da ota uyimni, Men baxtli bo'laman, ishonavering... Bir kuni yor-yorga to'lar samolar, Yo'limda tutashar ko'kka olovlar, Bobom va buvimdan olib duolar, Men baxtli bo'laman ishonavering... Bir kuni honamga baxtlar to'ladi, Oynadan go'zal bir kelin kuladi, Dadam juft, ayam ham ikta bo'ladi, Men baxtli bo'laman, ishonavering...