Ulkan tog' bag'rida ikki qizg'aldoq,
Bahor fasli bo'yin cho'zibdi.
Dosh berolmay daydi shamolga,
Essiz biri ado bo'libdi.
Ko'p chiranma ey alp qomad tog',
Osmonlarga yetsa ham boshing.
Baqti kelsa asray olmaysan,
Bag'ringdagi qizg'aldoqlaring.
Jahonda g'am yema qo'lingdan kelsa,
Yaxshimas bor yo'g'dan dil dardga to'lsa.
Besh kunlik dunyoda shodlikla yeb-ich,
Bir don elitolmassan xazinang bo'lsa. (Umar Hayyom)