Ilk bora ko'rganim xusni yuzingni, Ilk bor barmog'ingga uzuk taqqanim Ilk bora eshitib shirin so'zingni, Ilk bor sochlaringni silab, boqqanim... Sening zulfingdan ham qaro ko'zingga, Sevgilim men oshiq bitta o'zingga Ilk bor go'shangada qalqigan yurak, Ilk bor olov bo'lib yongan vujudim. Ilk bor dunyo yo'qdek o'zingdan bo'lak, Ilk bor baxt bergandek menga ma'budim. Jonimni to'shardim bosgan izingga Sevgilim oshiqman hamon o'zingga. Ilk bor dudog'imni yondirgan bo'sa Ilk bor nafasingdan yo'qotilgan hush. Ilk bor sog'intirdi o'sha dam rosa, Ilk bor ko'rsam edi o'shalarni tush. Dimog'im bir to'yib rayxon isingga, Sevgilim dilim zor bitta o'zingga. Ilk bor seni butkul yo'qotib qo'ydim, Ilk bora