Gullagan bog'larga qumri g'animat, Dunyoda insonning umri g'animat. Mehru muhabbat bu ilohiy ne'mat, Azizlar asraylik bir-birimizni. Bir shirin so'z bilan ko'ngil charag'on, Bir achchiq kalima zahridan vayron. Mangu do'st emasmu insonga-inson, Azizlar asraylik bir-birimizni. Keling shu lahzadan, keling shu zumdan, Asar ham qolmasin dardli tugundan. Ey inson bolasi ertani o'yla bugundan, Azizlar asraylik bir-birimizni.
Qaldirg'ochlar kelar quvonchlar olib, Bag'ri kim tik ko'ngil, baxtga to'lmaydi. Oppoq orzularim qafasga solib, Sizni endi bunday, sevib bo'lmaydi. Qayg'uning, quvonchning, lolazorida, Toq umrlar so'lar, vafo so'lmaydi. Baxtlar poyingizda yastanib kular, Sizni endi bunday, sevib bo'lmaydi. Yaproqlar shivirlar, orzu shivirlar, Muhabbat azobi, mangu o'lmaydi. Olamni sevgiga to'ldirmoq kerak, Sizni endi jim-jit, sevib bo'lmaydi!!!