Barcha vatandoshlarimizni kirib kelayotgan yangi yil bilan tarbriklayman! Yangi yil Sizga yangi baxt, omad va quvonch olib kelsin! Eski yilda erisholmagan yutuqlarga yangi yilda ortig'i bilan erishing!
O'tayotgan yilda qilingan ishlar, erishilgan yutuqlar va yo'l qo'yilgan xatolarni tahlil qilish vaqti. 2019 yil O'zbekiston xalqi uchun bundanda omadli, farovon yil bo'lsin. Vatan omon bo'lsin!
Xalqimiz özining buyuk farzandidan, shu xalqning qaddini tiklab, hech kimdan kam bölmay yashashga örgatgan dono Yurtboshidan ayrildi. O'lim haq, Özi bergan Özi oldi. Ilohim joylari jannatda bölsin! Alloh butun O'zbekiston xalqiga sabr bersin! Aziz Vatandoshlar, bobomizning ruhlarini shod etaylik, bobomiz qurgan buyuk Vatanni kelajak avlodlarga ozod va obod, yanada buyuk holda yetkazaylik desak, aslo qaddimizni ham qilmay, bizni körolmagan har xil g'alamislarning xiylasiga uchmay, qaysi millat, qaysi din, qaysi kasbda bölmaylik, bir tan, bir jon bölib, bobomiz ögitlaridan aslo chekinmay, faqat olg'a bosaylik, toki bu xalqning buyukligini, birdamligini butun dunyo tan olsin! VATAN OMON BÖLSIN!
Barcha yurtdoshlarimizni Özbek ög'lonlarining Riodagi porloq g'alabasi bilan tabriklayman! O'zbek bokschilari dunyoda tengsiz ekanligini isbotladi! 32 mlnli xalqqa hursandchilik, faxr-iftixor ulashgan, Vatan bayrog'ini yuksak kötargan, dunyoning manaman degan sportchilarini tiz chöktirib, O'ZBEKning kimligini körsatib qöygan, minglab yoshlar yuragiga havas chög'ini solgan barcha sportchilarimizning ota-onalariga, ustozlariga ming rahmat! BIZ HECH KIMDAN KAM EMASMIZ, KAM BÖLMAYMIZ HAM!