Nimadan qayg'uray dunyo bir kamda,
Axir siz borsizku yorug' olamda.
Gohida bildirmay xafa qilsamda,
SIZ MENI BARIBIR YAXSHI KO'RASIZ...
Sog'inchlar ko'ksimga botgan daydi o'q.
Sizdan yaxshi mendan yomon odam yo'q.
Faqat bir narsadan mening ko'nglim to'q,
SIZ MENI BARIBIR YAXSHI KO'RASIZ.
Salomimni aziz xat
sevgilimga borib ayt,
Undan yaxshi xabarni darxol
olib ortga qayt,
Agar mayus o'ylasa sen ham
birga o'ylagin,
Uni sevib qolganim asta
unga so'ylagin,
Seni o'qib yig'lasa
yoshlarini artib qo'y,
Yig'lamagin JONIM deb
mendek bitta o'pib qo'y.