Yigit umrim binafshadek
kechar edi kamtarin
nogahonda onajonim
qattiq shovqin ko`tardi
Sim qoqdilar avvaliga
so`radilar holimni ...
So`ng dedilar sim qoqishdan
bugun maqsad o`zgadir
Bilgim kelar bolajonim
ko`ngling qaysi qizdadir?
Axir to`ng`ich farzandimsan
Umrim senga parvona
Tezroq kelin ko`rsam deyman
Bo`lsam deyman qaynona
Qishloqda ham bo`yga etgan
Qizlar border bir talay
Uyga kelsang ko`rsataman
Ro`yxatini o`rgilay…
Telefonist qizcha shu dam
Uzib qo`ydi suhbatni
Eshitolmay qoldim attang
Onam aytgan ro`yxatni…
Shu singari qo`ng`iroqlar
Qishin yozin tinmadi
Biroz bo`ydoq yuray desam
Onajonim ko`nmadi…
Bezib shirin xayollardan
Elu yurtning gapidan
Ketar bo`ldi